Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Faqat ikkita hududda yuzdan ortiq koronavirus holati aniqlandi

Faqat ikkita hududda yuzdan ortiq koronavirus holati aniqlandi

Foto: «Moscow-oblast.sm-news.ru»

2020-yil 6-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43 476 (+106) nafarni tashkil etmoqda.

SSV xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 100 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli S.A. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 54 yoshli T.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 40 880 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2 251 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 366 nafari og‘ir, 198 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring