Fanat Qahramonov Tokio-2020 yo‘llanmasidan quruq qoldi

Iordaniyada boks bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi turnirning navbatdagi kuni yakunlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kechki dasturdan o‘rin olgan so‘nggi bahsda hamyurtimiz Fanat Qahramonov (-75 kg) Olimpiada litsenziyasi uchun o‘tish bosqichida ishtirok etdi.
Afsuski, eronlik Seyedshahin Musaviga qarshi bahs yurtdoshimizning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shu tariqa Fanat Qahramonov musobaqadagi ishtirokini tugatdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter