Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook»ning foydalanuvchilarni kuzatishi bilan bog‘liq hayratlanarli usullar

«Facebook»ning foydalanuvchilarni kuzatishi bilan bog‘liq hayratlanarli usullar

Foto: «MediaSole»

Aprel oyida «Facebook»ning «Cambridge Analytica» bilan sodir bo‘lgan mojarosidan so‘ng, AQSh Kongressi ijtimoiy tarmoqdan o‘z foydalanuvchilari haqida qanday qilib ma’lumot to‘plashiga oid barcha usullarni talab qildi. Buning uchun 222 varaqli hujjatlar jamlanmasi zarur bo‘ldi, deb xabar beradi «Hi-News».

Ko‘pchilik «Facebook» kompaniyasi foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qancha vaqt o‘tirishini kuzatishidan xabardor. Biroq hujjatlarda qayd etilgan boshqa usullar ko‘pchilikni hayratga soladi. Quyida ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz:

  • «Facebook» sizning labingiz harakatini yozib oladi. Bu kompaniyaga robot emasligingizni aniqlashda yordam beradi;
  • Shuningdek, kompaniya brauzer oynasi boshqa oynalardan yuqori yoki pastda turishini ham kuzatadi;
  • «Facebook» sizning qurilmangiz haqida ma’lumot to‘playdi. Bu faqatgina uning modeli yoki operatsion tizimi versiyasi emas. Kompaniya smartfoningizda qolgan batareya quvvati, aloqa signali darajasi va xotirasi bilan ham qiziqadi.
  • Shuningdek, operatsion tizim, brauzerlar, o‘rnatilgan dasturlar va fayllar nomi haqida ham ma’lumotlar to‘playdi;
  • Bundan tashqari kompaniyaga sizning aloqa operatoringiz, internet-provayderingiz, IP-manzilingiz, soat mintaqangiz va ulanish tezligingiz haqida ham batafsil ma’lumotlar mavjud;
  • Ayrim holatlarda kompaniya faqatgina sizning emas, balki sizga yaqin bo‘lgan yoki bitta tarmoqda bo‘lgan qurilmalar haqida ham ma’lumot to‘playdi;
  • «Facebook»da qurilmangiz yaqinidagi Wi-Fi nuqtalari va uyali aloqa minoralari haqida ham ma’lumot bor;
  • GPS, kamera va galereyadagi suratlardan tashqari «Android Facebook» sizning qo‘ng‘iroqlaringiz va SMS tarixingiz haqida ham ma’lumot yig‘a oladi;
  • Nihoyat «Facebook» kompaniyasi sizning akkauntlaringiz va mobil dasturlaringiz haqida ham barchasini biladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring