«Facebook» tergov qilinmoqda

AQSh federal savdo komissiyasi «Facebook» bilan bog‘liq ochiq tekshirish boshladi. Amerikalik iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan mazkur komissiya ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlarning maxfiyligi ta’minlanishini sinchiklab tekshirmoqchi.
Mazkur ma’lumot bir necha yil avval 50 milliondan ortiq foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz olgan «Cambridge Analytica» kompaniyasi bilan bog‘liq mojaro yuzaga kelgan bir vaziyatda e’lon qilindi.
Mazkur mojaro «Facebook» aksiyalarining narxi keskin tushib ketishiga va foydalanuvchilar ommaviy ravishda akkauntlarini o‘chirishlariga sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter