Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevropaning yirik IT kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish muhokama qilindi

Yevropaning yirik IT kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish muhokama qilindi

Foto: AKT vazirligi matbuot xizmati

18-iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) Bosh kotibi Oybek Shayxov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda AKT sohasida o‘zaro hamkorlik qilish, Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi (EUROUZ) orqali Yevropa davlatlarining yirik IT kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilishda hamkorlik qilish hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar to‘g‘risida gaplashildi.

Uchrashuv davomida AKT vaziri mamlakatimizda ham autsorsing xizmatlari (BPO va KPO) rivojlanganini aytib o‘tdi. Xorijiy kompaniyalar ishtirokida BPO xizmatlarini rivojlantirish va shu tariqa IT mahsulot va xizmatlar eksportini oshirish, yoshlarni AKT sohasiga keng jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta’minlashdan iborat ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik qilish borasidagi fikr va mulohazalari tinglandi. Kelgusida manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha masalalar gaplashib olindi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring