Yevropaning yana bir davlatida omikron-shtammini yuqtirish holati aniqlandi
Madriddagi Gregorio Maranona universiteti shifoxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyada koronavirusning yangi «Omikron» shtammi bilan bog‘liq birinchi holat qayd etildi.
«Madriddagi Gregorio Maranona shifoxonasi mikrobiologiya xizmati Ispaniyada omikron variantining birinchi tasdiqlangan holati haqida xabar berdi. Gap Janubiy Afrikadan kelgan sayohatchi haqida bormoqda», — deyiladi shifoxona xabarida. Shuningdek, ular «bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda» deya aniqlik kiritishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter