Yevropa Ukrainaga hujumkor qurollar yetkazishni boshladi – Viktor Orban
Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Samarqandda o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan voqealar, jumladan, Ukrainadagi vaziyat xususida to‘xtaldi.
«Yevropada tinchlik haqidagi xitoblarni urush ovozlari bosib ketmoqda. Davlatlar tashqi siyosat masalasida nima xohlayotganini aniqlashtirib olmagan. Ular asosan AQShning qarashlari ortidan borayotgandek.
Yevropa davlatlari avvaliga Ukrainaga himoya qurollarini berishdi, endi esa hujum qilish imkonini beradigan qurollar yetkazish boshlandi», – deydi Viktor Orban.
Vengriya Bosh vaziri, shuningdek, Turkiya tomonining bug‘doy koridorini ochishdagi xizmatlarini e’tirof etdi.
«Turkiya prezidenti janob Erdog‘anga bug‘doy koridorini ochib bergani va qochoqlar bilan bog‘liq masalalarni hal etayotgani uchun minnatdorlik bildiraman. Aks holda Vengriya qiyin ahvolda qolgan bo‘lardi», – deydi Viktor Orban.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter