Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yevroning otasi» vafot etdi

«Yevroning otasi» vafot etdi

«Yevroning otasi» deya nom olgan Yevrokomissiyaning sobiq prezidenti Jak Delor 98 yoshida vafot etdi.

«U bugun ertalab Parijdagi uyida uyqusida vafot etdi», dedi uning qizi Martin Obri.

Delor 1985 yildan 1995 yilgacha Yevrokomissiya raisi bo‘lgan. Uning rahbarligida ishlab chiqilgan Delor rejasi yagona Yevropa valyutasi – yevroni muomalaga kiritishni boshlash imkonini berdi.

1995 yilda sotsialistlar Delor nomzodini Fransiyadagi prezidentlik saylovlarida ko‘rsatmoqchi edi, biroq u partiyaning yangi rahbari Anri Emmanuelli bilan kelishmovchiliklar tufayli o‘z nomzodini qaytarib oladi. O‘shanda Delor jamoatchilik so‘rovlariga ko‘ra, saylovning bo‘lajak g‘olibi, o‘ng markazchi Jak Shirakdan oldinda bo‘lgan.

«Jak Delor Yevropani yanada kuchliroq qilgan inson edi», deya xotirladi Yevropa Komissiyasining amaldagi prezidenti Ursula fon der Lyayen.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring