Evroittifoq Raisiy bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda – Sharl Mishel
Yevroittifoq rahbari Sharl Mishel tashkilot Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyotda halokatga uchragani bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini ta’kidladi.
«Biz Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan birgalikda Eron prezidenti va tashqi ishlar vazirini olib ketayotgan vertolyot halokatli qo‘nishga majbur bo‘lgani haqidagi xabarlarni diqqat bilan kuzatib boramiz», – deydi u.
O‘z navbatida, AQSh davlat departamenti ham Qo‘shma Shtatlarning vaziyatni kuzatib borayotganini bildirgan.
Ilhom Aliyev esa Ozarbayjonning Raisiy bo‘lgan vertolyot halokati bilan bog‘liq vaziyatda Eronga har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Raisiy Sharqiy Ozarbayjondan, aniqrog‘i chegara hududida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuvdan qaytayotganida halokatga uchragani aytilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter