Yevro-2024. Chexiya bilan durang o‘ynagan Gruziya ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
Yevropa chempionatining F guruhida ilk o‘yinlarida mag‘lubiyatga uchragan Gruziya va Chexiya 2-tur bahslari doirasida uchrashdi.
Chexlar ustunligida o‘tgan o‘yin durang bilan tugadi, gruzinlar yirik turnirlardagi tarixiy ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.
Toshkent vaqti bilan 21:00 da guruhning ikkinchi o‘yinida Turkiya (3) Portugaliyaga (3) qarshi maydonga tushadi, o‘yin g‘olibi pley-offga yo‘llanma oladi.
Yevro-2024. F guruhi. 2-tur
Gruziya — Chexiya 1:1
22-iyun, «Folkparkshtadion»
Gollar: Mikautadze (45+4, penalti) — Shik (59).
Gruziya: Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Kverkveliya (Gvelesiani, 81), Dvali, Sitaishvili (Lochoshvili, 62), Kochorashvili, Mekvabishvili, Davitashvili (Chakvetadze, 62), Kvaratsxeliya (Lobjanidze, 82), Mikautadze (Kvilitaya, 88).
Chexiya: Stanek, Soufal, Hranach, Golesh, Kreychi, Yurasek (Shevchik, 81), Provod (Barak, 81), Souchek, Cherni (Yurasek, 55), Shik (Xitil, 68), Glojek (Lingr, 55).
Ogohlantirishlar: Soufal (18), Kashia (36), Provod (40), Yurasek (47), Golesh (53), Souchek (81), Gvelesiani (81), Mekvabishvili (83), Kochorashvili (90+5).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter