Yetakchi OAVlardan biri – Azon.uz barcha loyihalarini to‘xtatdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Azon.uz internet nashri faoliyatini to‘xtatgani haqida xabarlar tarqaldi.
Shuningdek, saytning ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari ham o‘chirilgan. Youtube platformasida esa diniy kontentlar o‘chirilib, sahifaning o‘zi Fikrat nomiga o‘zgartirilgani aytilmoqda.
Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad o‘zining Telegram kanalida loyiha faoliyati to‘xtatilgani haqida yozdi.
«Azon.uz barcha loyihalarini to‘xtatdi. Sabablari keyinroq, ma’qul topilsa, ma’lum qilinadi», – deydi u.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter