Eski haydovchilik guvohnomasida yurganlar ogohlantirildi
Avvalroq 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilgan haydovchilik guvohnomalari 2023 yil 31 martgacha; 2010 – 2012 yillarda berilganlari esa 2023 yil 30 iyungacha almashtirilishi kerakligi haqida ogohlantirish berilgandi.
Eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirishning navbatdagi muddatlari yaqinlashmoqda:
- 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentyabrgacha;
- 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.
Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yetib kelishini kutmasdan, oldindan harakat qilish tavsiya etiladi.
Qayd etilishicha, haydovchilik guvohnomasini uydan chiqmagan holda yangilash mumkin. Buning uchun my.gov.uz orqali istalgan vaqtda haydovchilik guvohnomasini almashtirishga ariza berilsa bo‘ladi.
Bu haqda videoqo‘llanmada batafsil tushuntirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter