Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan respublika bo‘ylab ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik boshlanadi

Ertadan respublika bo‘ylab ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik boshlanadi

Ertaga, 20-oktyabrdan boshlab 1-dekabrgacha o‘tgan yilgi tajribadan kelib chiqib, ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik e’lon qilinadi.

Bu haqda joriy yil 11-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan mahallalarda tizimli muammolarni hal qilish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan edi.

Yig‘ilishda «Yashil makon» umummilliy loyihasining borishi ham ko‘rib chiqilib, loyiha doirasida yil yakuniga qadar 75 million dona va 2023-yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yilgan.

Shuningdek, aholi xonadonlarida va dala chetlarida ko‘proq mevali daraxtlar va sabzavot ekishni faol targ‘ib qilishi kerakligi ta’kidlangandi.

Yig‘ilishda, shuningdek, viloyat hokimlariga kuz mavsumida kam ta’minlangan 500 ming xonadonga 10 tupdan mevali daraxtlar ko‘chatini bepul tarqatish topshirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring