Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erondagi prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun 80 kishi ro‘yxatdan o‘tdi

Erondagi prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun 80 kishi ro‘yxatdan o‘tdi

30-maydan 3-iyungacha davom etgan prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish jarayonida jami 80 kishi ro‘yxatdan o‘tgan.

Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida – sobiq prezident, 3 nafar amaldagi vazirlar, 13 nafar sobiq vazirlar hamda 40 dan ortiq sobiq va amaldagi deputatlar, jumladan, 4 nafar ayol bor.

Nomzodlarning eng kichigi 43 yoshda, eng kattasi 75 yoshda.

Ammo ularning hammasi ham saylovda nomzod bo‘la olmaydi, chunki yana yetti kun davomida ularning ishlari Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, nomzodning prezidentlikka munosib yoki yo‘qligi aniqlanadi. Ishtirokchilarning yakuniy ro‘yxati 11-iyun kuni e’lon qilinadi.

Konstitutsiyani qo‘riqlash kengashi Eronda parlamentdan yuqori organ bo‘lib, u parlament a’zolari tomonidan qabul qilingan qonunlarning konstitutsiyaga muvofiqligini tahlil qilishdan tashqari, saylovga nomzodlarni tasdiqlash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, u yirik davlat lavozimlariga, jumladan, prezidentlikka nomzodlarni ham tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Eron islom respublikasida joriy yilning 28-iyuniga belgilangan muddatidan oldingi saylovlar prezident Ibrohim Raisiyning vertolyot halokatida vafot etgani munosabati bilan o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring