Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erondagi portlashlarni kim uyushtirgani ma’lum bo‘ldi

Erondagi portlashlarni kim uyushtirgani ma’lum bo‘ldi

3-yanvar kuni Eronning Kermon shahrida sodir etilgan portlashlar uchun javobgarlikni IShID jangarilari o‘z zimmasiga oldi. Bu portlashlarda 103 kishi halok bo‘lgan edi.

Bu haqda xabar berayotgan Reuters nashrining aniqlik kiritishicha, chorshanba kungi portlashda IShIDning ikki a’zosi Qosim Sulaymoniy o‘limining 4 yilligi munosabati bilan yig‘ilgan olomon orasiga kirib portlovchi kamarlarini ishga tushirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron rasmiylari 103 kishi halok bo‘lgan va 180 dan ortiq kishi jarohatlangan terakt tashkilotchilaridan «qasos olishga» va’da bergan edi.

Portlashlar 3-yanvar kuni qabristonga kiraverishda sodir bo‘lgandi. Rasmiylar uch kunlik motam e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring