Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eronda motam e’lon qilindi

Eronda motam e’lon qilindi

3 yanvar kuni tushdan keyin Kermon shahridagi qabristonda sodir etilgan teraktdan so‘ng rasmiylar Eronda motam e’lon qildi.

Mahalliy IRNA nashriga ko‘ra, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniy  vafotining to‘rt yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimida sodir etilgan portlashlardan 103 kishi halok bo‘lgan va 188 kishi yaralangan.

Kirmon viloyati rasmiylariga ko‘ra, uch kunlik motam e’lon qilingan.

Eron prezidenti Ibrohim Raisi qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va barcha rasmiylarni «jabrlanganlarga zudlik bilan yordam berishga» chaqirdi. Shuningdek, u «bu qo‘rqoqlik harakatining aybdorlari tez orada aniqlanib, jazolanishi»ga ishontirdi.

2024 yil 3 yanvar kuni qabristonga kiraverishda qoldirilgan qoplarga ikkita portlovchi moslama o‘rnatilgan. Ular masofadan turib faollashtirilgan. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ushbu hujumni keskin qoraladi va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi. AQSh rasmiylari voqeaga aloqadorligini rad etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring