Eronda COVID-19 qurbonlari soni 853 nafarga yetdi

Eronda koronavirusdan bir sutkada 129 nafar inson qurbon bo‘ldi: mamlakatda epidemiya tarqaganidan beri jami yo‘qotishlar 853 nafarga yetdi, bu haqda bugun, 16-mart kuni «Associated Press» agentligi xabar berdi.
Mamlakatda shu paytgacha koronavirus bilan qariyb 15 ming kishi kasallandi. Fors OAVlari xabarlariga ko‘ra, COVID-19 ga chalinganlarning deyarli 5 ming nafari sog‘ayib ketgan.
Eron sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi kurashishning yagona chorasi sifatida zarurat bo‘lmaganida uydan chiqmaslikni tavsiya etmoqda.
Ma’lumot uchun: Eron koronavirus bilan kasallanganlar va halok bo‘lganlar soniga ko‘ra Xitoy va Italiyadan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter