Eron prezidenti: Koronavirus butun mamlakatga tarqaldi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy koronavirus shiddat bilan butun mamlakat bo‘ylab tarqalganligini ma’lum qildi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar berdi.
«U (kasallik) deyarli barcha hududlarimizga kirib bordi... bu global epidemiya», — degan Ruhoniy.
Ayni damgacha Eronda Covid-19 koronavirusidan 92 kishi halok bo‘lgan. Eron sog‘liqni saqlash vazirligi kasallikni yuqtirganlar soni 2922 kishini tashkil etganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter