Eron Pokiston hududiga raketa zarbalarini berdi
Pokiston Tashqi ishlar vazirligi havo hujumi oqibatida ikki bola halok bo‘lgani va uch nafari yaralanganini ma’lum qildi, deb yozadi The Guardian.
Pokiston hukumati Tehronning Islomoboddagi bosh diplomatini «o‘z havo hududining asossiz ravishda buzilishi»ga norozilik bildirish uchun chaqirtirdi. Vazirlik zarbalar haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi, biroq Pokiston ijtimoiy tarmoqlari raketa va uchuvchisiz qurilmalar ikki davlat o‘rtasidagi 1000 kilometrlik chegarada joylashgan Balujiston viloyatini nishonga olganini aytdi.
Eronda zarbalar «Jaysh al-Adl» guruhi bazalariga qaratilgani xabar qilingan, biroq Eron matbuotida hujum haqidagi havolalar tezda o‘chirilgan.
Eron va Pokiston o‘rtasida uzoq vaqtdan beri keskin munosabatlar mavjud bo‘lib, bunga asosan chegara hududidagi jangari guruhlarning faoliyati sabab bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter