Eron HAMASga yoqmaydigan talab qo‘ydi
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy noyabr oyi boshida Falastinning XAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya bilan bog‘landi, deb xabar bermoqda Reuters o‘z manbasiga asoslanib.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zaro suhbatda islomiy respublika rahbari HAMASdan Isroil bilan mojaroga qo‘shilishni ommaviy ravishda talab qilishni to‘xtatishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi boshida dastlab HAMAS kuchlari Isroilga yirik raketa hujumi uyushtirib, "Al-Aqsa to‘foni" operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. Hujum doirasida minglab jangarilar yahudiy davlati hududiga kirib, harbiy texnikani egalladi va yuzdan ortiq odamni asirga oldi.
Bunga javoban Isroil keskin harakatlarni amalga oshirdi va aholi zich yashaydigan G‘azo sektorini bombalashga kirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter