Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erning harorati uch million yildagi rekord darajaga yetdi

Erning harorati uch million yildagi rekord darajaga yetdi

O‘tgan yili Yerning harorati uch million yildagi rekord ko‘rsatkichlarga yetdi, bu esa insoniyatni iqlim falokatiga yaqinlashtiradi, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh.

«O‘tgan yil misli ko‘rilmagan yana bir ekstremal ob-havo va iqlim falokatlari davri bo‘ldi», dedi Bosh kotib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, atmosferadagi karbonat angidrid konsentratsiyasi eng yuqori darajaga chiqib, sanoat davrigacha bo‘lgan nisbatdan 148 foizga oshdi.

Guterresh Yerning harorati uch daraja oshishi va dengiz sathi 15 metr balandlikka ko‘tarilishi uch million yil ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich ekanini ta’kidladi.

«Shu ketishda asr oxiriga bori harorat yana 2,4 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Biz tubsiz jar yoqasida turibmiz», deb ogohlantirdi BMT rahbari.

Bunday yomon ssenariyning oldini olish uchun insoniyat «toza» va «yashil» rivojlanish yo‘lini boshlash uchun birgalikda harakat qilishi kerak, dedi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring