Erkinjon Turdimov sportchilarga uy sovg‘a qildi
Samarqand shahrida Tokioda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari va ishtirokchilarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov qatnashib, barcha olimpiyachilarimizni erishilgan muvaffaqiyat bilan qutladi.
Qayd etilishicha, Samarqanddan Olimpiya o‘yinlarida 10 nafar, Paralimpiya o‘yinlarida esa 4 nafar sportchi ishtirok etib, qator medallarga sazovor bo‘lishdi.
Paralimpiya chempioni Husniddin Norbekovga Samarqand shahridan uch xonali, Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Parvina Samandarova hamda dzyudo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari bronza medali sovrindori Davlat Bobonovga esa ikki xonali uyning kaliti topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter