Erkaklar uchun halokatli bo‘lgan yangi kasallik aniqlandi
Britaniyalik olimlar erkaklar uchun halokatli bo‘lgan yangi kasallikni fosh etishdi, deb yozadi «The New England Journal of Medicine».
Qayd etilishicha, tadqiqot chog‘ida mutaxassislar yangi sindromni kashf etishib, uni VEXAS deb atashdi. Xastalik X-xromosomda joylashgan UBA1 genining somatik mutatsiyalari bilan bog‘liq.
Ushbu patologiyasi bo‘lgan bemorlar autoyallig‘lanuvchi kasalliklardan aziyat chekishadi, ularning isitmasi chiqib, tromb hosil bo‘lishi faollashadi. Shuningdek, tog‘ay va o‘pka to‘qimalarida yallig‘lanuvchi jarayonlar kuzatiladi. 40% holatlarda VEXAS sindromi o‘limga olib keladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter