Erik ten Xagga afsonaviy yordamchilar tanlab olindi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Erik ten Xagga afsonaviy murabbiylar yordamchi qilib tanlab olingan.
Jamoa matbuot xizmatining aytishicha, Angliya terma jamoasining sobiq ustozi Stiv Maklaren va niderlandiyalik mutaxassis Mitchell van der Gag yangi bosh murabbiyga yordamchi etib tayinlanishgan.
Maklaren 1999 yilda «Manchester Yunayted»da Aleks Fergyusonga yordamchilik qilgan. O‘shanda «qizil iblislar» YeChL finalida g‘alabani ilib ketishgandi. Van der Gag esa «Ayaks»da ten Xagga yordamchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, aprelda Erik ten Xag «Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter