Erik ten Xag «Manchester Yunayted» murabbiyligidan ozod etildi
Gollandiyalik Erik ten Xag «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi klub matbuot xizmati.
U 2022-yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi.
Bir kun avval Angliya premer-ligasi (APL) doirasida «Manchester Yunayted» «Vest Xem»ga qo‘shib berilgan vaqtda penaltidan gol o‘tkazib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Jamoa to‘qqiz uchrashuvda bor-yo‘g‘i uchta g‘alaba bilan turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Klubni murabbiy yordamchisi sifatida ishlagan gollandiyalik Ruud van Nistelroy vaqtincha boshqaradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter