Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerga doir qonunchilikni buzganlarga javobgarlik choralari kuchaytirilyapti

Yerga doir qonunchilikni buzganlarga javobgarlik choralari kuchaytirilyapti

Bugun, 25-iyun kuni Qonunchilik palatasi deputatlari majlisida yer uchastkalaridan samarali foydalanish hamda sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik bilan bog‘liq qilmishlar uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. Xususan, Jinoyat, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Jinoyat-protsessual kodekslarida yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq jinoyatlar prokuratura organlarining tergoviga taalluqli ekanligi belgilanmoqda. 

Bundan tashqari, Iqtisodiy va Fuqarolik protsessual kodekslari cudlarda o‘zboshimchalik bilan egallangan davlat egaligidagi yer uchastkalarini qaytarish hamda noqonuniy qurilmalarni buzib tashlashga oid ishlarni ko‘rib chiqishning alohida tartibini belgilovchi normalar bilan to‘ldirilmoqda.

Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari fuqarolik va iqtisodiy sudlarga yer to‘g‘risidagi qonun buzilishi bilan bog‘liq ariza kiritganda davlat bojidan ozod etilishi belgilanyapti.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring