Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Turkiyadagi 57 ta gubernatorni almashtirdi

Erdo‘g‘on Turkiyadagi 57 ta gubernatorni almashtirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on buyrug‘i bilan Turkiyaning 81 viloyatidan 57 tasida gubernator almashtirildi. Respublika rahbarining tegishli qarori hukumat byulleteni «Resmi Gazete»da e’lon qilindi.

Kadrlar almashinuvining sabablari aytilmagan. Muxolifat matbuoti Turkiya hukumati va Milliy xavfsizlik kengashining shu hafta bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlaridan so‘ng qaror qabul qilinganiga e’tibor qaratmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 2 avgust kuni Erdo‘g‘on buyrug‘i bilan Turkiyaning 52 viloyatining xavfsizlik bo‘limlari rahbarlari almashtirilgan edi. O‘shanda ham hukumat vakillari bu almashtirish to‘g‘risida rasmiy izoh berishmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring