Erdo‘g‘on Pashinyan bilan «gaplashib olishi»ni aytdi
![Erdo‘g‘on Pashinyan bilan «gaplashib olishi»ni aytdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2086778930.jpg)
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasidagi telefon suhbatlari 11-sentyabr kuniga belgilangan. Bu haqda Erdo‘g‘on G20 sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Ertaga men janob Pashinyan bilan muzokaralar olib boraman», degan u.
Turkiya rahbari Armanistonning Qorabog‘dagi xatti-harakatlari noto‘g‘ri ekanini ta’kidlab, bu haqda respublika bosh vaziri bilan gaplashmoqchi.
«Biz Pashinyanga aytamizki, bunday saylovlarni qabul qilish mutlaqo mumkin emas», deb ta’kidlagan Erdo‘g‘on va ko‘plab davlatlar bu saylovlarni qabul qilmayotganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Tog‘li Qorabog‘ milliy assambleyasi (parlamenti) Samvel Shahramanyanni tan olinmagan respublikaning yangi prezidenti etib saylagandi. Shuningdek, Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi Tog‘li Qorabog‘dagi prezidentlik saylovini «Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyasi va qonunlari, xalqaro huquq normalari va tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish» deb atagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter