Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on G‘arbga shart qo‘ydi

Erdo‘g‘on G‘arbga shart qo‘ydi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on, agar Yevropa Ittifoqi Turkiyani uning to‘laqonli a’zosiga aylantirish uchun harakat qilsa, rasmiy Anqara Shvetsiyaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 11 va 12-iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida Anqara yangi shartlarni ilgari suradi. Shvetsiyaning arizasini ratifikatsiya qilish bo‘yicha yakuniy qaror Turkiya parlamentidagi ovozga bog‘liq bo‘ladi.

Bundan oldin Milliyet gazetasi Erdo‘g‘onning Vilnyusdagi NATO sammitidagi uchrashuvlari Shvetsiyaning alyansga a’zo bo‘lishida hal qiluvchi rol o‘ynashini yozgandi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya 1999 yilda Yevropa ittifoqiga nomzod davlat statusini olgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring