Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘an keyingi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘ymaydi

Erdo‘g‘an keyingi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘ymaydi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat yangi konstitutsiyaga muhtojligini ta’kidlar ekan, 2028 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish niyati yo‘qligini bildirdi.

Vengriyadan qaytar chog‘ida jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lgan Erdo‘g‘on shunday dedi:

«Yangi konstitutsiyani o‘zim uchun emas, mamlakatim uchun xohlayman. Qayta saylanish yoki yana nomzod bo‘lish niyatim yo‘q».

Uning ta’kidlashicha, Turkiya fuqarolik asosida tayyorlangan, demokratik va mustahkam konstitutsiyaga muhtoj.

Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘on 2003–2014 yillarda Turkiya bosh vaziri lavozimida ishlagan. 2014 yil 28 avgustdan buyon mamlakatni prezident sifatida boshqarib kelmoqda.

Prezidentning ushbu bayonoti Turkiyada 2028 yilgi saylovlar arafasida uning yana nomzod bo‘lishi uchun konstitutsiyaviy o‘zgarishlar muhokama qilinayotgan paytga to‘g‘ri keldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring