Erdo‘g‘on qasamyod qabul qildi

Bugun, 3-iyun kuni Anqaradagi Turkiya Buyuk Millat Majlisi binosida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning qasamyod qilish va inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.
Inauguratsiyada dunyoning 78 davlati vakillari, 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti ham ishtirok etdi.
Turkiya parlamenti muvaqqat raisi Devlet Baxcheli davlat rahbariga prezidentlik saylovidagi g‘alabasidan dalolat beruvchi hujjatni topshirgan.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘on joriy yil 28-may kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida raqibidan kichik ustunlik bilan g‘alaba qozongan edi. Endi u mamlakatni 2028-yilgacha boshqarishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter