Yer o‘qi o‘rnidan siljidi. Bu qanday oqibatlarga olib keladi?
1993 yildan 2010 yilgacha 2150 gigatonna yer osti suvining tortib olinishi hisobiga, Yer o‘qi 80 sanimetrga og‘gan. Agar shunday hajmdagi suv, jahon okeaniga quyilsa, uning darajasi olti millimetrga ko‘tariladi.
Olimlar Yer sharining aylanish modellarini yaratdilar. Ma’lum bo‘lishicha, aylanma qutblari geografik qutblar bilan mos kelmay, vaqt o‘tishi bilan o‘zgargan.
Tadqiqotchilar, tadqiqot davomida iqlim o‘zgarishi tufayli aysberglarning erishi va suv massasining qayta taqsimlanishini hisobga olishgan. Ammo yer osti suvlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisob-kitoblarga qo‘shilmaguncha, modellashtirish davomidagi hisob-kitoblar tadqiqotni ohirigacha olib borish imkonini bermagan.
Yer o‘qining siljishi mavsumiy ob-havoga ta’sir qilishi mumkin. Bu degani, aylanish qutblarining siljishi, iqlimni radikal o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter