Yengilmas bokschi jang payti olamdan o‘tdi

Germaniyalik yengilmas bokschi Muso Yamak ugandalik Hamza Venderaga qarshi o‘tkazilayotgan jang payti olamdan o‘tdi. Fojia Myunxenda yuz berdi. Bokschining o‘limiga miokard infarkti sabab bo‘lgan.
Yarim og‘ir vazndagi ushbu bokschilar ikki raund jang o‘tkazishgan. Uchinchi raund boshlanmasidan avval nemis bokschisi hushidan ketib, ringga qulagan. Avvaliga voqea joyida, so‘ng shifoxonada yordam ko‘rsatishga urinishdi, biroq shifokorlar 38 yoshli bokschini qutqarishga ojizlik qilishdi.
Yamak professional boksda 2017-yilda faoliyat boshlagandi. O‘shandan beri 8 jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter