Yil yakunigacha 2,5 millionga yaqin aholi bandligini ta’minlash rejalashtirilgan
Tuman darajasida katta loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan «Zarbdor tajribasi» asosida sanoat, savdo, xizmat va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida kamida 5-7 tadan «drayver» loyiha ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.
Ular tumanlardagi sanoat zonalari, bo‘sh turgan davlat obyektlariga joylashtiriladi.
Eng yaxshi loyihalarga joriy yilda 500 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Bu orqali yana 150 ming ish o‘rni yaratish mumkin.
Umuman, aytilgan 4 ta tajribani qo‘llagan holda yil yakunigacha 2 million 416 ming aholi bandligini ta’minlash rejasini tasdiqlash topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter