Eng qimmat va ixcham: JCh-2022 va uning stadionlari (infografika)
Qatardagi «Al Bayt» stadionida Qatar va Ekvador o‘rtasidagi o‘yin bilan 2022-yilgi jahon chempionatiga start berildi.
Qatar-2022 — tarixdagi eng qimmat mundial, ekspertlar unga sarflangan xarajatlarni 220 mlrd AQSh dollari deya baholashdi. Solishtirish uchun: Rossiyadagi 2018-yilgi JCh ga 11,6 mlrd dollar sarflangan.
Mundial 8 ta stadionda bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar bu eng ixcham chempionat bo‘ladi, deya maqtanishyapti: stadionlarning barchasi poytaxt Dohada yoki unga yaqin joylarda qurilgan. Ikkita stadion o‘rtasidagi eng uzoq masofa — 75 kilometr.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter