Eng korrupsiyalashgan uch vazirlik nomi ma’lum qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Bekzod Rahmonov eng korrupsiyalashgan vazirliklar uchligini ma’lum qildi.
«Bugungi kunda korrupsion holatlar ko‘p qayd etilishi jihatidan eng yuqori o‘rinda:
- Sog‘liqni saqlash vazirligi,
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
- Qurilish vazirligi turadi.
Mana shu tashkilotlar tizimida korrupsion holatlar ko‘p uchrayapti. Bu ma’lumotlar 2020 yil davomida sodir etilgan korrupsiyaviy harakatlar tahlili asosida shakllantirilgan.
Shu uchta vazirlikni korrupsiyadan xoli idoraga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda», dedi Bekzod Rahmonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter