Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi haydovchilar YPX xodimidan dislokatsiya so‘ray olishmaydi

Endi haydovchilar YPX xodimidan dislokatsiya so‘ray olishmaydi

Foto: «Xabar.uz»

YPX xodimi hujjatlarni tekshirishda aniqlangan barcha huquqbuzarlik bo‘yicha chora ko‘radi.

Hukumat qarori (173-son, 12.04.2022 y.) bilan Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda YPX xodimi transportni hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatganda, tekshirish jarayonida aniqlangan barcha huquqbuzarliklar bo‘yicha chora ko‘radi.

Ilgari faqat hujjatlarni tekshirish jarayonida aniqlangan qoidalar buzilishi bo‘yicha chora ko‘rilgan.

Haydovchi YPX xodimining dislokatsiyasi ko‘chirmasi bilan o‘sha joyning o‘zida tanishishi mumkinligiga oid norma chiqarib tashlandi.

Bunda dislokatsiya bilan tanishish uchun saf bo‘limiga murojaat etish orqali yozma ma’lumot olishni talab qilish mumkin.

Avvalroq yangilangan Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, Transport vositalarining old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchilar xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart bo‘lishi ma’lum qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring