Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Hajga borishda jamoatchilik fikri o‘rganiladi

Endi Hajga borishda jamoatchilik fikri o‘rganiladi

Foto: «Religions.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1031-son qarori bilan «Haj» va «Umra» tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan, ziyoratga bormoqchi bo‘lgan fuqaro oldin Hajga bormagan bo‘lishi lozim (oldingi talab so‘nggi besh yil mobaynida Hajga bormagan bo‘lishi kerak edi).

Bundan tashqari, mahallalarda Hajga borishga nomzodlarni saralab olish uchun ishchi guruhlar tuziladi. Hajga borishga navbatga qo‘yilgan nomzodlar ro‘yxati tegishli hududdagi masjid va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining binolarida e’lon qilinadi hamda 15 kun mobaynida ular bo‘yicha jamoatchilik fikri o‘rganiladi.

Ishchi guruhlar nomzodlar bo‘yicha jamoatchilik fikri va e’tirozlarini 5 kun muddatda tekshirishi lozim bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring