Endi gaz bo‘yicha qarzdorlikni «Telegram»-bot orqali bilish mumkin
«O‘ztransgaz» AJ Majburiy ijro va boshqa xizmat ko‘rsatish tashkilotlari bilan birgalikda iste’mol qilingan tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlar uchun mavjud qarzdorlik to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish uchun «Telegram-bot»ni ishga tushirdi. Bu haqda «O‘zstransgaz» matbuot xizmati xabar berdi.
Qarzdorlikni aniqlash uchun «Telegram» messenjeriga kirib, «@MIBInformerBot»ni qidirish lozim. So‘ngra telefon raqamini kiritib, «gaz» qismini tanlash, shaxsiy hisob raqami bilan gaz hisoblagichdagi ko‘rsatkichni yuborish zarur.
«Telegram»-bot iste’molchining so‘roviga ko‘ra bir necha soniya ichida qarzdorlik haqida ma’lumotni taqdim etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter