Endi «Facebook»dagi akkauntga telefon raqamisiz kirish mumkin

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i akkauntiga kirishda telefon raqami talab etilmaydigan ikki faktorli autentifikatsiya usulini joriy etdi. Endilikda o‘z telefon raqami bilan bo‘lishishni istamagan «Facebook» foydalanuvchilari ikki faktorli autentifikatsiya usuli yordamida akkauntlarini bloklashlari mumkin, deb xabar beradi «NV.ua».
Ikki faktorli autentifikatsiya usuli tizimga kirish uchun parolga qo‘shimcha ravishda kodni kiritishni talab qilib, ruxsatsiz foydalanishdan himoya qiladi. Bu esa, foydalanuvchining paroli xakerlar tomonidan o‘g‘irlangan holatlarda ham uni tasdiqlashni so‘raydi.
«Facebook» va boshqa an’anaviy platformalar foydalanuvchilarga autentifikatsiya kodini yuborishda matnli xabarlardan foydalanadi. Biroq yomon niyatli kimsalar foydalanuvchining SIM-kartasini nazorat qila olsa, ushbu kodlarni o‘zining yangi telefoniga o‘tkazib olishlari mumkin.
Endi kompaniya ikkita faktorli autentifikatsiya usuli uchun telefon raqamini talab qilmaydi va foydalanuvchilar noyob kirish kodini yaratish uchun mobil dastur yoki qo‘shimcha ma’lumotni tanlashi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter