Emlanganlarda uchraydigan koronavirusning to‘rtta asosiy belgisi aniqlandi
Britaniyalik tadqiqotchilar ko‘proq emlangan bemorlarda uchraydigan to‘rtta COVID-19 belgisini aniqlashdi, deya xabar berdi Express.
Koronavirus alomatlarini o‘rganuvchi eng katta dastur hisoblangan ZOE COVID Symptom Study ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning ikkala komponentini olgan bemorlarda tumov, aksirish, bosh va tomoq og‘riqlari keng tarqalgan. Vaksinaning faqat birinchi dozasini olganlarda yuqoridagi to‘rtta alomatdan tashqari yo‘tal ham kuzatiladi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, vaksina koronavirusdan yuz foiz himoya qilmaydi, ammo kasallikning og‘ir kechish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Shu tariqa, kasallikning avvalgi «an’anaviy» alomatlari — hid bilmaslik, nafas qisishi va isitma — emlangan bemorlarda juda kam uchraydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter