«Elektron hukumat»ni rivojlantirishda makroiqtisodiy tadqiqotlar o‘tkaziladi
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi hamda Tahlil va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Imzolangan hujjat doirasida tashkilotlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritishni rejalashtirilmoqda:
- AKT sohasi hamda elektron hukumat tizimini tahlil qilish va prognozlash;
- AKTning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilish;
- AKTni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro reytinglarni tizimli o‘rganish, mamlakatimizning shunday reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
- elektron hukumatni targ‘ib etish hamda davlat xizmatlarining ko‘rsatilish sifatini yaxshilash maqsadida innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish.
Tomonlar hamkorlikda makroiqtisodiy, marketing va boshqa turdagi tadqiqotlarni o‘tkazishi, xususan raqamli iqtisodiyot va «aqlli shaharlar» bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishi ko‘zlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter