«Elektron hukumat» markazi direktoriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

«Elektron hukumat» markazi direktori o‘rinbosari lavozimini egallab turgan Otajonov Doniyor Yusupbayevich direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4-iyulida Doniyor Otajonov «Elektron hukumat» markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Bundan avval u O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektron hukumatni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter