«Elektron hukumat» markazi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Bugun, 4-iyul kuni Doniyor Otajonov «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi o‘rinbosarni tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, «Elektron hukumat» markazi direktori Zafar Rahmatullayev va boshqalar ishtirok etishdi.
Doniyor Otajonov shu kunga qadar Axborot texnologiyari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Elektron hukumatni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter