Eldor Shomurodov bunday natijaga erishgan ikkinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi
Italiyaning «Roma» klubi Konferensiyalar Ligasi finaliga yo‘l olgani haqida xabar bergandik.
Ma’lum bo‘lishicha, rimliklar tarkibida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov Yevrokuboklar finaliga chiqqan tarixdagi ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘ldi. Unga qadar himoyachi Vitaliy Denisov 2005 yili «SSKA» safida UYeFA Kubogi finaliga chiqqandi.
Shomurodov «Feyenoord»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadigan bo‘lsa, Yevrokubok finalida maydonda harakat qilgan ilk o‘zbekistonlikka aylanadi.
Konferensiyalar Ligasi finali 25 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter