Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiya vazirligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Ekologiya vazirligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi

18 sentyabr kuni AOKA binosida «Ekologiya vazirligi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rsatkichi: erishilgan natijalar va kelgusi rejalar, shuningdek, ekologik ta’limni rivojlantirish istiqbollari» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Ekologiya vazirining o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Bosh prokuratura Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam O‘tayev, vazirlik boshqarma va bo‘lim xodimlari, tizim tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda vazirlik tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, kelgusidagi rejalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, yarim yil davomida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohalarida bir qator sezilarli ishlar qilindi. Xususan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 2024 yil bahorgi ko‘chat ekish mavsumida respublika bo‘yicha 138 mln tup (rejaga nisbatan – 110,5 %) ko‘chat ekildi. Hududlarda vazirlik, idora va mahalliy hokimliklar tomonidan 257 ta «yashil bog‘lar» barpo etilib, ularning umumiy soni 517 taga yetkazildi. «Ochiq budjet» tizimi orqali «Mening bog‘im» loyihasi ishga tushirildi. Fuqarolar tomonidan tashabbus bildirilgan 738 ta loyiha orasidan 215 ta loyiha g‘olib deb topilib, jami 48,7 mlrd so‘m moliyalashtirish uchun yo‘naltirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring