Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekologiya masalalariga bag‘ishlangan eng yaxshi eko-maqola va videoroliklar tanlovi o‘tkaziladi

Ekologiya masalalariga bag‘ishlangan eng yaxshi eko-maqola va videoroliklar tanlovi o‘tkaziladi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan “Uzbekistan eco-publication and video clips award” (“Eng yaxshi eko-maqola va video roliklar”) tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda mamlakatimizning ekologik kelajagiga befarq bo‘lmagan barcha, jumladan, jurnalist, bloger, talaba, o‘quvchi, davlat va nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlanadi:

— “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga moslashish” mavzusida o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi eng yaxshi material;
— “O‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlash” mavzusida o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi eng yaxshi material;
— “O‘zbekistonda atmosfera havosini muhofaza qilish” mavzusida o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi eng yaxshi material;
— “O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish” mavzusidagi o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi eng yaxshi material;
— “O‘zbekistonda yer resurslarini muhofaza qilish” mavzusidagi o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi eng yaxshi material;
— “O‘zbekistonda suv va suvdan foydalanish muammolari” mavzusida o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi eng yaxshi material;
— “Atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ijtimoiy rolik”;
— Loyiha doirasida eng faol qatnashgan nodavlat notijorat tashkiloti (NNT).

Diqqat!

Tanlovga o‘zbek, rus va ingliz tillarida yozilgan, 2023 yil 1 maydan 2024 yil 30 aprelgacha O‘zbekistonda va xorijdagi OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ekologiya mavzusidagi maqolalar hamda videoroliklar qabul qilinadi.

Arizalar 2024 yil 1 fevraldan 2024 yil 1 maygacha [email protected] elektron manziliga yuborilishi lozim. Arizalarga audio va video formatdagi materiallar havolalari ilova qilinadi. Videoroliklar 1920x1080 PAL formatda, davomiyligi 5 daqiqagacha bo‘lishi kerak.

Tanlovga taqdim etilgan barcha materiallar va tanlov natijalari www.eco.gov.uz veb-saytida e’lon qilinadi. G‘oliblar 5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni arafasida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad aholi, jumladan, yoshlarni O‘zbekistonning ekologik muammolarini samarali hal etish yo‘llarini izlashda faolroq ishtirok etish, eko tushunchalarni ingliz tilida o‘rganish va tushunishga undash, ekologik ta’limga hissa qo‘shish va O‘zbekistondagi ekologik muammolar haqida aholining xabardorligini oshirish, O‘zbekiston yoshlarida tizimli ekologik bilimlarni, aholining ekologik madaniyatini, ekologiyaga yo‘naltirilgan dunyoqarashini shakllantirishga ko‘maklashish, ijtimoiy tarmoqlarda dolzarb ekologik muammolar va taklif etilayotgan yechimlarni yoritish, ommaviy axborot vositalarida va Internet axborot-telekommunikatsiya tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining ekologik muammolari va ekologik siyosatiga bag‘ishlangan materiallar sonini ko‘paytirish, ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan o‘quv materiallari sonini ko‘paytirishdir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring