Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Venesuela: echkiga jon, qassobga yog‘ qayg‘usimi? (infografika)

Venesuela: echkiga jon, qassobga yog‘ qayg‘usimi? (infografika)

Dunyoga gegemonlik da’vosidagi davlatlar tipirchilab qoldi shu kunlarda.

Bir tomonda — Rossiya, ikkinchi tomonda — AQSh: o‘rtada Venesuela! Amerika rasmiy Moskvaning «chizgan chizig‘idan chiqmaydigan» Venesuela rahbari Nikolas Maduroning kursisni qimirlatib qo‘ydi.

Bu hol Rossiyaning paytavasiga qurt tushirmay qolmadi, albatta. Ikki tomonning ham «haybarakallachilari» yetarli, biroq mahalliy xalqning holi nima kechadi, deydigan tarafning o‘zi yo‘q.


Mavzu doirasida

Rossiya Venesuelaga yordam beradimi?


Siyosat — manfaat degani, boshqasi  nisbatan bekor. Shu ma’noda tomonlar o‘z xatti-harakatlarni qanday insonparvar g‘oyalar bilan burkamasin, mohiyatida o‘z manfaatlari yotadi, vassalom. Venesuelada esa ularning ko‘zini o‘ynatib, uyqusini qochiradigan «qora oltin» atalmish ne’mat tiqilib yotibdi. Ya’niki, neft zaxirasi bo‘yicha dunyoda Venesuelaning oldiga tushadigan davlatning o‘zi yo‘q. Quyidagi jadvallarga qarang-da, xulosani chiqarib olavering!

Foto: «Xabar.uz»

Mavzu doirasida

Benzin suvdan arzon mamlakat


Foto: «Xabar.uz»

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring