DXX uch viloyatda tezkor tadbir o‘tkazdi
Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nishon tumanida yashovchi fuqaro o‘g‘lining nomida bo‘lgan xususiy korxonaning 30 sotix yer maydonini xaridorga 100 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand tumanida yashovchi fuqaro o‘zining o‘g‘liga tegishli fermer xo‘jaligiga 2010 yil mahalliy hokimlik tomonidan ajratib berilgan yer maydonidan 15 gektarini xaridorga 15 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Guliston shahrida yashovchi fuqaroning nomida bo‘lgan va dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan 10 sotix sug‘oriladigan yer maydonini, go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, uning 5 sotixini kadastr tizimidagi tanishlari yordamida xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 7400 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter