Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Toshkent viloyatida bir qator shaxslarni ushladi

DXX Toshkent viloyatida bir qator shaxslarni ushladi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Toshkent viloyatining Parkent tumanida yashovchi fuqaro akasining bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga tegishli 5 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaroga 1 mln. AQSh dollariga sotmoqchi bo‘ladi.

Buning uchun u avval mazkur yer maydonini fermer xo‘jaligi ixtiyoridan chiqarib, tuman hokimiyati zaxirasiga qaytarishni, so‘ngra esa hokimiyatdagi tanishlari orqali xaridor fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berishni rejalashtiradi.

DXX Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida firibgar shaxs so‘ralgan puldan 100 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

***

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaro o‘zganing ishonchiga kirib, unga Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani «Novobod» MFY hududidan 5 gektar yer maydonini 300 ming AQSh dollariga sotishlarini aytishadi va firibgarlik yo‘li bilan undan so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida ma’lum bo‘lishicha, ular 2019 yil Bo‘stonliq tumani hokimi qarori bilan mahalliy MChJlardan biriga dam olish maskani qurish maqsadida ajratib berilgan mazkur yer maydonini sotish huquqi mavjud emasligini bilganlari holda noqonuniy ishga qo‘l urishgan.

***

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘zi rahbarlik qilayotgan g‘alla va sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligining qariyb 24,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 100 ming AQSh dollariga sotishini aytib, xaridordan oldindan to‘lov sifatida 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX, Bosh prokuratura va Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring